30 yanvar O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Hurmatli va jonkuyar aziz inson Islom Karimov Abdug'aniyevich tavallud topgan kun



Bugun 30 yanvar O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Hurmatli va jonkuyar aziz inson Islom Karimov Abdug'aniyevich tavallud topgan kun. Ushbu inson mustaqil O'zbekiston davlatining  asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, O'zbek xalqining buyuk va ardoqli farzandi edilar. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 25 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish" to'g'risidagi qaroriga muvofiq har yili birinchi Prezident tavallud topgan sana 30-yanvar kunini keng nishonlash belgilangan. Shu qatorda ushbu tadbir  bizning maktabimizda ham nishonlandi. Tadbirda maktabimiz raxbari O.Mirzayev hamda O'IBDO'  D.Djurayeva hamda yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilot yetakchisi Sh.Shukurullayevlar birinchi prezdentimiz Islom Karimov haqida o'quvchi va o'qituvchilar bilan o'z fikr mulohazalarini o'rtoqlashishdi.