"Navo gulshani sardorlariga ta'zim" nomli maqom kechasi


12-fevral kuni Shahrisabz shahar 20-son bolalar musiqa va san’at maktabida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining 536 yilligiga bag'ishlangan maqom kechasi bo’lib o’tdi. Unda maktabimizning An’anaviy xonandalik va An’anaviy sozandalik, teatr va aktyorlik hamda xoreografiya bo’limi o’quvchilari o’z qobilyatlarini ishga solgan holda teatrlashtirilgan saxna ko`rinishlari va raqslar ijrosida mohirona ishtirok etishdi. Har bir buyuk allomalarning hayoti va ijodlaridan chiroyli sahna ko`rinishlari barchani e`tiborini tortdi.

Hamda maktabimizning tasviriy san’at bo’limi o’quvchilari orasida ikki buyuk siymolarni tasvirlash bo`yicha “Navo gulshani sardorlariga ta’zim” deb nomlangan  tanlov bo’lib o’tdi. 


Bu tanlovda
1-o’ringa Boltayeva Dilnoza
2-o’ringa Yo’lchiyev Ravshan
3-o’ringa Akramov Og’abeklar
loyiq deb topildilar. Tadbir so’ngida maktabimiz direktori Oybek Mirzayev so’zga chiqdilar. Undan so’ng O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat hodimi, Qashqadaryo viloyat xalq ta`limi fidoiysi, ”El-yurt hurmati" va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari sohibi Elmurod Boymurodov so’zga chiqib tadbir haqida iliq fikirlarini bildirdilar. Shundan so’ng  tadbirga mexmonga kelgan tumanlar aro yozuvchilar uyushma raisi  Jabbor Xalilov, Nuroniy boshqarmasining faol xodimlaridan shoir Abduraim Abdusamatov Shahrisabz shahar madaniyat bo`limi boshlig`i Otabek Jalilov  hamda 2-son BMSM direktori Zokir Majidovlar tadbir xaqida iliq fikrlar bildirishdi. 


Tadbir  so`ngida maktab direktori O.Mirzayev kelgan mehmonlarning talablariga binoan  Navoiyning “ Topmadim ”  g`azalini kuylab berdilar. Shu bilan “Navo gulshani sardorlariga ta’zim”deb nomlangan kechamiz o`z nihoyasiga yetdi. Kechamiz juda chiroyli va iliq ta`surotlarga boy ravishda o`tdi va barcha kelgan mehmonlarga manzur bo`ldi.