Fortepiano bo'limida ochiq dars


Fortepiano sinfi o'qituvchisi Tillayeva Dilobarning sinfida ochiq dars bo'lib o'tdi. Ochiq dars davomida mashhur kompozitorlarning hayoti va ijodi, ularning asarlari va musiqiy terminlar haqida batafsil ma'lumot berildi.  Bo'lib o'tgan Ochiq dars yosh o'qituvchilarga  ma'muriyat tomonidan "Mahorat darsi"  deb baxolandi. Ochiq darsda yosh o'qituvchilar o'zlariga kerakli bo'lgan va o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.